Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi. Departamentning Dehqonobod tuman bo`limi tomonidan valyuta qimmatliklarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldini olish yuzasidan o`tkazilgan tezkor tadbirda Nishon tumanida yashovchi Sh.G. boshqa bir fuqaro J.ga jami 2 500 AQSh dollarini 28 mln. so`mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o`tkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






