Ayni paytda Prezident ta`lim muassasalari agentligining rahbari Hilola Umarova boshchiligidagi Agentlik delegasiyasi Butunjahon ta`lim forumida ishtirok etmoqda.
Forum doirasida bir nechta xalqaro tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlar bo`lib o`tyapti. Xususan, Agentlik delegasiyasi doimiy hamkori Cambridge Assessment International Education, Times Higher Education va British Council tashkilotlari vakillari bilan ham uchrashishdi va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.
Butunjahon ta`lim forumi London shahrida bo`lib o`tmoqda.
Agentlik delegasiyasi ishtirok etayotgan Butunjahon ta`lim forumi doirasida bugun ta`lim sohasidagi nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari va mutaxassislarning taqdimotlari bo`lib o`tmoqda.
Taqdimot va uchrashuvlar davomida ta`lim sohasida pandemiyadan keyingi chora-tadbirlar, karantin sharoitining o`qitish tizimiga ta`siri hamda ta`limni rivojlantirish bo`yicha xalqaro hamkorlik kabi masalalar muhokama qilinayotganligi aytilmoqda.
Xususan, Cambridge University Press & Assessment tashkilotining Bosh ijrochisi Peter Phillips o`z taqdimotida Agentlik tizimidagi maktablar bilan o`zaro samarali hamkorlik yo`lga qo`yilganligini alohida ta`kidlab o`tdi.
Ma`lumot o`rnida: Butunjahon ta`lim forumi an`anaviy tarzda har yili o`tkaziladi hamda ta`lim sohasidagi dunyoning eng nufuzli tadbirlaridan biri hisoblanadi. Bu yilgi forumda 1000 nafarga yaqin mutaxassislar ishtirok etishmoqda.






