1

O`zbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasi “Jahon farmakopeyalari va farmakopeya organlari indeksi” dan o`rin oldi

Jamiyat 24.05.2022, 08:02
O`zbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasi “Jahon farmakopeyalari va farmakopeya organlari indeksi” dan o`rin oldi

O`zbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasi Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti “Jahon farmakopeyalari va farmakopeya organlari indeksi” («The Index of World Pharmacopoeias and Pharmacopoeial Authorities by World Health Organization») dan o`rin oldi

Ma`lumotlarga ko`ra, dori vositalarning sifati va xavfsizligini ta`minlash global ahamiyatga ega bo`lgan muammo bo`lib, uni hal qilish butun dunyodagi masul tashkilotlarning birgalikdagi sa`y-harakatlari va yaqin hamkorligini talab qiladi. Odatda, dori vositalarining sifati va xavfsizligi bo`yicha davlat standartlari farmakopeya organlari tomonidan o`rnatiladi. Farmasevtika bozorida dori vositalarining sifati farmakopeya standartlari asosida tartibga solib boriladi.

Farmakopeya ‒ bu alohida mamlakatda yoki ma`lum bir xududda ishlatiladigan dori vositalari sifatini ta`minlash uchun qonunan rioya etilishi shart bo`lgan standartlar to`plamidir.

Zamonaviy farmakopeyalaring asosiy vazifasi dori vositalari sifatiga umumiy talablarni, shuningdek faol farmasevtika substansiyalari, tayyor dori vositalari, yordamchi moddalar, reaktivlar, reagentlar va shu kabilarga xususiy sifat standartlarini belgilashdan iboratdir. Bunday talablarni belgilanishi dori vositalarini ishlab chiqarish nazoratini boshqarish uchun zarur.

Ma`lum qilinishicha, mutasaddi davlat tashkilotlarining dori vositalari muomalasi sohasidagi muhim vazifalardan biri, farmasevtika mahsulotlarini standartlarga asosan belgilangan sifat ko`rsatkichlari talablariga mos kelishini nazorat qilishdan iboratdir. Shu bilan birga, turli mamlakatlarning boshqaruv tashkilotlari tomonidan aynan bir xil tarkibli dori vositalari standartlari bo`yicha sifat nazorat ko`rsatkichlari ro`yhatini va ularning ruxsat etilgan chegaralarini belgilash me`zonlari o`zaro farqlanishi ko`zga tashlanadi. Bu esa o`z navbatida dori vositalari muomalasi bo`yicha amalga oshiriladigan savdo-iqtisodiy va boshqa davlatlar o`rtasida muayyan qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1