1

O`zbekistondagi 108ta madaniy meros ob`ektida noqonuniy binolar qurilgani aniqlandi

Jamiyat 24.05.2022, 16:25
O`zbekistondagi 108ta madaniy meros ob`ektida noqonuniy binolar qurilgani aniqlandi

Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda Madaniy meros agentligi axborot xizmati rahbari Mohinur Imomova ma`lum qildi.

O`tkazilgan tekshirishda 108 ta madaniy meros ob`ektida 146 ta noqonuniy qurilma qurilganligi aniqlangan. Shundan 42tasi Surxondaryoda, 23tasi Samarqandda, 17tasi Toshkent shahrida, Buxoro va Xorazmda 13 tadan, Toshkent viloyatida 12ta, Andijonda 6ta, Namangan va Qashqadaryoda 5 tadan, Jizzaxda 4, Farg`onada 3ta, Navoiy, Sirdaryo va Qoraqalpog`istonda 1 tadan madaniy meros ob`ekti hududida.

O`rganishlar natijasi  amalga oshirilgan ishlar bo`yicha 7 ta noqonuniy qurilmaning buzildi, 71 ta ob`ektda qurilgan 76 ta qurilmani buzdirish yuzasidan yozma ko`rsatma berildi. Yana 63ta noqonuniy qurilmalarni buzdirish yuzasidan sudlarga da`vo arizalari kiritildi.

️Madaniy meros ob`ektida noqonuniy qurilma (bino) qurgan 26 nafar shaxs ma`muriy javobgarlikka tortildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1