Urgutda irsiy kasalliklarni aniqlaydigan laboratoriya ochildi

Jamiyat 24.05.2022, 16:46
Urgutda irsiy kasalliklarni aniqlaydigan laboratoriya ochildi

Laboratoriya zamonaviy usullar yordamida irsiy almashinuv kasalliklarini tasdiqlash uchun bolalarni ommaviy tekshirish, bemorlarni davolash samaradorligini oshirish va homilaning genetik sindromi bo`yicha xavf guruhini aniqlash imkonini beradi, deya xabar bermoqda yuz.uz sayti.

Bolalarda irsiy kasalliklarga barvaqt tashxis qo`yish usullarini takomillashtirish uchun Innovasion rivojlanish vazirligi tomonidan Urgut tuman innovasion hududida "Irsiy kasalliklarni erta aniqlash uchun "molekeulyar genetikaga" asoslangan zamonaviy innovasion laboratoriya tashkil etish maqsadida startap loyiha tasdiqdan o`tgan.

Hozirda tuman tibbiyot birlashmasida molekulyar genetik laboratoriyasi uchun 4 ta xona ajratib berildi. Yuqori texnologik diagnostika tibbiyot uskunalari, butlovchi buyumlar, reagentlar va zarur materiallar keltirib, o`rnatildi.

Irsiy kasalliklarni tasdiqlash uchun bolalarni ommaviy tekshirish, shuningdek, bemorlarni dori vositalari orqali irsiy kasalliklarni davolash samaradorligini oshirish va tekshirish amalga oshiriladi. Shuningdek, homilaning erta bosqichlarida xavf guruhini aniqlash uchun homiladorlikning erta muddatlarida ayollar qoni tahlili bosqichma-bosqich biokimyoviy tekshiruvdan o`tkaziladi. Shu bilan birga 3 ming nafardan ortiq ayollarni homiladorlikning bosqichlarida biokimyoviy skriningdan o`tkazish rejalashtirilgan.

Ma`lumot uchun: Ta`kidlanishicha, irsiy kasalliklarning 6 mingdan ortiq turi mavjud. Ular turli darajada namoyon bo`ladi. Ba`zilari tug`ma bo`lib, rivojlanishdagi nuqsonlarga qarab aniqlanadi. Qarindoshlar o`rtasidagi nikohda chaqaloqlar o`limi, aqliy zaiflik va og`ir tug`ma nuqsonlar xavfi deyarli ikki baravar oshadi. Bugungi kunda dunyoda har 100 boladan 5-6 nafari genetik kasallik bilan tug`iladi. Ularning aksariyati irsiy moyilliklarga ega xastalikdir. Shu moyillikni erta aniqlash katta muammolar yuzaga kelishiga yo`l bermaydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1