1

O`zbekiston va Rossiya prezidentlari o`rtasida telefon orqali muloqot bo`lib o`tdi

Jamiyat 24.05.2022, 17:20
O`zbekiston va Rossiya prezidentlari o`rtasida telefon orqali muloqot bo`lib o`tdi

24 may kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin o`rtasida telefon orqali muloqot bo`lib o`tdi, deya xabar berdi Kreml matbuot xizmati.

 Ikki tomonlama kun tartibining asosiy mavzulari, o`zaro manfaatli savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish bo`yicha qadamlar, shuningdek, Evroosiyo integrasiya birlashmalari doirasidagi o`zaro hamkorlik masalalari, shu jumladan, O`zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkilotiga amaldagi raisligi muhokama qilingan.

"Ikki tomonlama strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashga intilish yana bir bor tasdiqlandi. Shuningdek, dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolarga ham to`xtalib o`tildi. Turli darajadagi muntazam aloqalar kelishib olindi", – deya qayd etdi Kreml matbuot xizmati.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1