AsosiyJamiyat

Moliya vazirligi Soliq kodeksiga qanday qo`shimcha va o`zgartishlar kiritilgani bo`yicha ma`lumot berdi

'Moliya vazirligi Soliq kodeksiga qanday qo`shimcha va o`zgartishlar kiritilgani bo`yicha ma`lumot berdi'ning rasmi

Joriy yilning 5 may sanasida “O`zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga qo`shimcha va o`zgartishlar kiritish to`g`risida”gi O`RQ-767-son Qonun qabul qilindi.

Bu bilan "Soliq kodeksi"ga quyidagi qo`shimcha va o`zgartishlar kiritildi. Moliya vazirligi shu yuzasijan sharh bermoqda.

Unga ko`ra, Soliq kodeksining 75-moddasiga kiritilgan qo`shimchaga muvofiq, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hamda ter solig`ini to`lashdan to`liq ozod qilish tarzida berilgan soliq imtiyozlariga ega bo`lgan yuridik shaxslar ushbu soliqlardan hisoblangan summaning 1%i miqdorida to`laydi.

Mazkur qo`shimchaning kiritilishi natijasida kadastr va soliq organlariga mol-mulk va er solig`ini to`lashdan to`liq ozod qilish tarzida berilgan soliq imtiyozlariga ega bo`lgan soliq to`lovchilar, shuningdek, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirmagan ayrim yuridik shaxslarning hisobini yuritish imkonini beradi.

Shu bilan birga soliq kodeksining 317-moddasi 7-bandiga kiritilgan qo`shimchaga ko`ra, Bolalarni qo`llab-quvvatlash jamoat fondiga xayriya qilingan mablag`lar foyda solig`i bo`yicha soliq bazasini aniqlashda chegirib tashlanadi.

Soliq kodeksining 337 va 467-moddalariga kiritilgan o`zgartishlarga asosan esa, 2022 yil 1 iyuldan boshlab tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) elektron savdosini amalga oshiruvchi soliq to`lovchilarga foyda solig`i (15 % o`rniga 7,5 %) va aylanmadan olinadigan soliqni (4 % o`rniga 2 %) belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 50 foiz kamaytirilgan soliq stavkalari bo`yicha to`lash imkoniyati berildi.

Ma`lumot uchun, ilgari mazkur imtiyoz faqat Elektron tijorat sub`ektlarining Milliy reestriga kiritilgan soliq to`lovchilarga taqdim etilgan.

Qayd etilishicha, Soliq kodeksning 380-moddasiga kiritilgan o`zgartishga ko`ra, bolalikdan nogironligi bo`lgan shaxslar hamda I va II guruh nogironligi bo`lgan shaxslarning jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`i solinmaydigan mablag`lari miqdori mehnatga haq to`lashning eng kam miqdorining 1,41 baravaridan (1 mln 159 ming so`mdan) 3 baravariga (2 mln 466 ming  so`mga) oshirildi.

Mazkur imtiyoz 2022 yil 1 martdan e`tiboran yuzaga kelgan munosabatlarga ham tatbiq etilishi aytiladi.

Moliya vazirligining bergan sharhiga ko`ra, kodeksning 428-modda ikkinchi qismining o`n birinchi xatboshisiga kiritilgan o`zgartishga muvofiq, yangi barpo etilayotgan bog`lar, tokzorlar va tutzorlar egallagan er uchastkalarini soliq solishdan ozod etishning imtiyozli davri 3 yildan 5 yilgacha uzaytirildi.

Ta`kilanishicha, 483-moddas uchinchi qismining birinchi xatboshisi va to`qqizinchi qismiga kiritilgan o`zgartishlarga asosan, ayrim vaqtinchalik imtiyozlarning amal qilish muddati uzaytirildi, jumladan:

O`simlik yog`i, kungaboqar va zig`ir urug`i, shuningdek soya danagini olib kirish, shuningdek o`simlik yog`ini (paxta yog`idan tashqari) ishlab chiqarish va (yoki) realizasiya qilish bo`yicha aylanmani qo`shilgan qiymat solig`idan ozod qilish bo`yicha imtiyoz muddati 2022 yil 31 dekabrga qadar uzaytirildi.

Mazkur imtiyoz 2022 yil 1 maydan yuzaga kelgan munosabatlarga ham tatbiq etiladi.

Go`shtni (mol va qo`y go`shtini), tirik hayvonlarni (molni va qo`yni) hamda ularni so`yishdan olingan mahsulotlarni, kartoshkani realizasiya qilish bo`yicha aylanma, shuningdek O`zbekistonga olib kirishda qo`shilgan qiymat solig`idan ozod qilish muddati 2022 yil 31 dekabrga qadar uzaytirildi.

Ushbu imtiyoz 2022 yil 1 maydan yuzaga kelgan munosabatlarga ham tatbiq etiladi.

 Soliq kodeksining 483-moddasi o`n oltinchi qism bilan to`ldirildi, unga muvofiq:

2022 yil 1 yanvardan 2031 yil 1 yanvarga qadar Qoraqalpog`iston Respublikasining Mo`ynoq tumanidagi mahalliy sanoat, qishloq xo`jaligi va xizmatlar sohalaridagi tadbirkorlik sub`ektlari:

  • foyda solig`ini, aylanmadan olinadigan soliqni, ijtimoiy soliqni va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`ini 1 foiz miqdoridagi soliq stavkalari bo`yicha to`laydi;
  • yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni, yuridik shaxslardan olinadigan er solig`ini va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni mazkur soliqlar bo`yicha hisoblangan summaning 1 foizi miqdoridagi soliq stavkalari bo`yicha to`laydi.

 Soliq kodeksining 483-moddasi o`n ettinchi va o`n sakkizinchi qismlar qismlar bilan to`ldirildi, unga muvofiq:

  • Bo`yalgan matoni, bo`yalgan gazlamani va tayyor tikuv-trikotaj mahsulotini eksport qiluvchi tadbirkorlik subektlari 2022 yil 1 fevraldan 2025 yil 1 yanvarga qadar ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdoridagi soliq stavkasi bo`yicha to`laydi.

"Mazkur imtiyoz bo`yalgan mato, bo`yalgan gazlama va tayyor tikuv-trikotaj mahsulotini eksport qilishdan olingan tushumi barcha tovarlarni va xizmatlarni realizasiya qilishdan olingan tushumining kamida 80%ini tashkil etadigan soliq to`lovchilarga nisbatan qo`llaniladi",-deya tushuntirish berib o`tadi vazirlik.

    Boshqa yangiliklar