1

Ichimlik suv ta`minoti og`ir holatdagi 1 545 ta mahalla ichimlik suv bilan ta`minlanadi

Jamiyat 25.05.2022, 16:55
Ichimlik suv ta`minoti og`ir holatdagi 1 545 ta mahalla ichimlik suv bilan ta`minlanadi

“Aholining ichimlik suv ta`minoti va oqova suv xizmatlari bilan ta`minlanganlik darajasini oshirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ–257-son, 24.05.2022 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi. 

Qarorga ko`ra, 2022–2025 yillarda:

  • respublikadagi ichimlik suv ta`minoti og`ir holatdagi 1 545 mahalla (shundan 2022 yilda 140 ta) ichimlik suv bilan ta`minlanadi. Buning uchun mahalliy byudjetlardan jami 444,6 mlrd so`m, shu jumladan joriy yilda 106,3 mlrd so`m mablag` ajratiladi;
  • 1 691 ta maktab, 885 ta maktabgacha ta`lim tashkilotlari hamda 377 ta tibbiyot muassasalari ichimlik suv bilan ta`minlanadi. Mazkur tadbirlarni amalga oshirish uchun joriy yilda jami 50 mlrd so`m, 2023 yildan har yili respublika va mahalliy byudjetlardan teng ulushlarda 50 mlrd so`mdan, jami 100 mlrd so`m ajratilishi ko`zda tutilgan;
  • 2022–2024 yillarda respublika bo`yicha 2660 ta mahallada ichimlik suv tarmoqlari uy xo`jaligigacha etkaziladi. Buning uchun “O`zsuvta`minot” AJ tomonidan 180 mlrd so`m mablag` ajratiladi.

Shuningdek, qarorga ko`ra avvalgi yillarda qurilish-montaj ishlari yakunlanmagan yoki foydalanishga topshirilmagan ichimlik va oqova suv ob`ektlari (17 ta) to`liq foydalanishga topshiriladi.

2023 yil 1 yanvardan:

  • aholiga qiyoslash muddati tugagan suv hisoblagichlarni yangisiga almashtirish “O`zsuvta`minot” AJ va hududiy suv ta`minoti korxonalarining mablag`lari hisobidan amalga oshiriladi;
  • respublika hududiga texnik talablarga javob bermaydigan suv hisoblagichlarni va ularning qo`shimcha vositalarini olib kirish hamda o`rnatish taqiqlanadi;
  • ichimlik suv ta`minoti ob`ektlari foydalanishga tayyor holda topshirilgan taqdirda (o`lchov uskunalari o`rnatilib, ichimlik suv uy xo`jaligigacha etkazilgan taqdirda) aholining ixtiyoriga ko`ra davlat xizmatlari markazlari orqali yoki “O`zsuvta`minot” AJ bilan to`g`ridan-to`g`ri shartnoma tuzishga va o`lchov uskunalarini tamg`alashga ruxsat beriladi.

2023 yil 1 yanvardan yuridik shaxs va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi iste`molchilar tomonidan hududiy suv ta`minoti korxonalariga masofadan ma`lumot uzatuvchi zamonaviy suv hisoblagichlar o`rnatilishi talab etiladi.

2024 yil 1 yanvardan masofadan ma`lumot uzatuvchi zamonaviy suv hisoblagichlarni o`rnatmagan yuridik shaxs va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi iste`molchilarga ichimlik suv ta`minoti va oqova suv xizmatlari uchun suvni hisobga olish uskunasi bilan ta`minlanmagan iste`molchilar sifatida hisob-kitob amalga oshiriladi.

Qarorga ko`ra, “O`zsuvta`minot” AJ qoshida Sovuq va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlarni) echish, qiyoslashdan o`tkazish hamda o`rnatish bo`yicha metrologiya xizmatini va uning hududiy filiallari tashkil etiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1