1

Senatning yalpi majlisi to`g`ridan-to`g`ri yoritib boriladi

Jamiyat 25.05.2022, 17:16
Senatning yalpi majlisi to`g`ridan-to`g`ri yoritib boriladi

Senatning yigirma oltinchi yalpi majlisi  2022 yil 28 may kuni soat 10:00 da Toshkent shahridagi Oliy Majlis Senatining majlislar zalida o`z ishini boshlaydi.

Yalpi majlis videokonferensaloqa tarzida o`tkazilishi rejalashtirilgan.

Yalpi majlis Senatning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali to`g`ridan-to`g`ri yoritib boriladi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 16 iyundagi  "Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta`minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida"gi Farmonida  2021 yil 1 dekabrdan boshlab Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati majlislari, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi sessiyalari (yopiq majlislar bundan mustasno) telekanallar, shuningdek, Internet tarmog`i orqali jonli efirga uzatilishi belgilangan. 

28 aprel kuni xususiy UzReport TV telekanali orqali O`zbekiston Oliy Majlisi Senati majlisining to`g`ridan-to`g`ri translyasiyasi majlis boshlanganidan deyarli 8 daqiqa o`tib to`g`ridan-to`g`ri efir televidenieda ham, telekanalning YouTube-sahifasida ham to`xtatilgani OAV tomonidan tanqid ostiga olingan edi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1