1

Xitoyning Toshkentdagi elchixonasi toshqindan jabr ko`rgan Forish aholisiga insonparvarlik yordamini etkazdi

Jamiyat 25.05.2022, 17:54
Xitoyning Toshkentdagi elchixonasi toshqindan jabr ko`rgan Forish aholisiga insonparvarlik yordamini etkazdi

Xitoyning O`zbekistondagi elchixonasi Jizzax viloyatining Forish tumanidagi suv toshqinidan jabrlanganlarga gumanitar yordam ko`rsatdi.

 Shu tariqa, diplomatik missiya “Yuksalish” milliy harakati tashabbusi bilan tashkil etilgan xayriya aksiyasiga qo`shildi va hududdagi jabrdiydalarga guruch, bug`doy uni va iste`mol yog`i kabi oziq-ovqat to`plamlari partiyasini zudlik bilan etkazib berdi.

“Yuksalish” milliy harakati raisi Bobur Bekmurodov elchixonaga ko`rsatilayotgan yordam uchun minnatdorlik bildirib, suv toshqini sodir bo`lganda Xitoy tomoni birinchilardan bo`lib O`zbekiston tomoniga yordam qo`lini cho`zganini ta`kidladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1