1

7 646 ta mahallada raislar saylandi: raislarning 4 901 nafari — birinchi marotaba saylangan, 2 742 nafari — amaldagi raislar

Jamiyat 25.05.2022, 19:20
7 646 ta mahallada raislar saylandi: raislarning 4 901 nafari — birinchi marotaba saylangan, 2 742 nafari — amaldagi raislar

Bu haqda AOKAda Mahalla va nuroniylarni qo`llab-quvvatlash vazirligi boshqarma boshlig`i Navro`z Musaev, yuridik bo`limi boshlig`i Shoira Umarova, axborot xizmati rahbari Saodat Boymirzaeva ishtirokida o`tkazilgan matbuot anjumanida ma`lum qilindi.

Oliy Majlis Senati Kengashining 2022 yil 16 martdagi “Fuqarolar yig`inlari raislari (oqsoqollari) sayloviga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish to`g`risida”gi KQ-320-IV-sonli qarori qabul qilindi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlarining qarorlari bilan 14 ta ko`maklashuvchi komissiyalari tuzildi, tadbirlar rejalari tasdiqlandi, komissiyalar tarkibiga 357 nafar idora va tashkilotlarning rahbarlari, deputatlar va jamoatchilik vakillari kiritildi.

 Xalq deputatlari tuman (shahar)lar kengashlarining qarorlari bilan 207 ta ko`maklashuvchi komissiyalari tuzilib, 3 952 nafar idora va tashkilotlarning rahbarlari, deputatlar va jamoatchilik vakillari jalb etildi.

9 349 ta mahallada saylovni tashkil etish va o`tkazish bo`yicha ishchi guruhlari tuzilib, 86 428 nafar idora va tashkilotlar rahbarlari, deputatlar va jamoatchilik vakillari kiritildi.

Aholi soni, ijtimoiy-ma`naviy muhit va hududiy geografik joylashuvi bo`yicha mahalla raisiga qo`yiladigan talablar ishlab chiqildi.

Respublika komissiyasining 2022 yil 16 martdagi qarori asosida saylovni tashkil etish va o`tkazishga ko`maklashuvchi Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman va shahar komissiyalari tasdiqlandi.

5-18 aprel kunlari hududlarda Respublika komissiyasi a`zolari tomonidan seminar-treninglar o`tkazilib, ularda 11 ming nafardan ortiq tinglovchilar ishtirok etdi.

Bundan tashqari, 7-14 may kunlari 3 bosqichda “Fuqarolar yig`ini raisi (oqsoqoli) saylovini tashkil etish va o`tkazishda amalga oshiriladigan dolzarb vazifalar to`g`risida” seminarlar o`tkazilib, 40 ming nafarga yaqin ko`maklashuvchi komissiya va Ishchi guruh a`zolari ishtirok etdi.

Mahalla raislari lavozimiga ko`rsatilgan 39 661 nafar nomzodlar bilan suhbatlar o`tkazilib, boshqaruv ko`nikmalari va obro`ga ega bo`lgan 26 910 nafar nomzodlar tavsiya qilindi.

Adliya vazirligi bilan birgalikda 66 ming nusxada hujjatlar chop etilib, hududlarga etkazildi:

– “O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi”, “Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari to`g`risida”gi va “Fuqarolar yig`ini raisi (oqsoqoli) saylovi to`g`risida”gi, Oliy Majlis Senati Kengashining “Fuqarolar yig`inlari raislari (oqsoqollari) sayloviga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish to`g`risida”gi qarorlarini o`z ichiga olgan qonun hujjatlar to`plami;

– mahalla raislari saylovini tashkil etish va o`tkazish hamda saylov natijalariga ko`ra mahalla organlarini shakllantirish bo`yicha uslubiy tavsiyalar;

– mahalla raislari saylovi bo`yicha 100 savolga 100 javob;

– “Fuqarolar yig`ini raisi (oqsoqoli) saylovi to`g`risida”gi qonunning mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda saylovni tashkil etish hamda o`tkazish tartibi bo`yicha infografikalar.

16 may kunidan boshlab saylovlar bo`lib o`tmoqda. 24 may kuni holatiga ko`ra 7 646 ta mahallalarda mahalla raislari saylandi (bitta mahallaga o`rtacha 2,4 nafardan nomzod).

Saylangan raislarning 4 901 nafari- 64,1 foizi birinchi marotaba saylandi, 2 742 nafari - 35,9 foizi amaldagi raislar.

Andijonda 79,8 foiz, Sirdaryoda 75,8 foiz, Buxoroda 70,8 foiz, Toshkent viloyatida 70 foiz, Qashqadaryoda 69,5 foiz, Jizzaxda 68,9 foiz, Xorazmda 65,7 foiz raislar birinchi maratoba saylangan.

G`ozg`on, Shirin shaharlarida, Xo`jayli tumanida 100 foiz, Chiroqchida 98 foiz, Qibrayda 97 foiz, Ulug`norda 96 foiz, Baliqchida 94 foiz, Mirzacho`lda 92 foiz raislar birinchi maratoba saylangan.

Raislarning 861 nafari ayollardan, 237 nafari mahalliy kengashlar deputatlaridan iborat.

Saylangan raislar ma`lumoti bo`yicha:

7 155 nafari (93,6%) oliy, 491 nafari (5,2%) o`rta-maxsus va o`rta ma`lumotga ega.

Jizzaxda 98,3 foiz, Xorazmda 98 foiz, Sirdaryoda 95,8 foiz, Samarqandda 95,6 foiz, Buxoroda 95,4 foiz oliy ma`lumotga ega raislar saylangan.

yoshi bo`yicha: 129 nafari (1,7%) 30 yoshgacha, 1579 nafari (20,7%) 30-40 yoshgacha, 2324 nafari (30,4%) 40-50 yoshgacha, 2812 nafari (36,8%) 50-60 yoshgacha,  802 nafari (10,5%) 60 yoshdan yuqori.

mutaxassisligi bo`yicha:

2519 nafari (32,9%) o`qituvchi, 1077 nafari (14,1%) iqtisodchi,

1215 nafari (15,9%) muhandis, 481 nafari (6,3%) agronom, 351 nafari (4,6%) huquqshunos, 62 nafari (0,8%) shifokor, 120 nafari (1,6%) quruvchi, 42 nafari (0,5%) tovarshunos, 48 nafari san`atkor va sportchi (0,6%) hamda 1731 nafari (22,6%) boshqalar.

Mahalla raislari saylovini o`tkazish jarayonida kelib tushgan murojaatlarni o`z vaqtida ko`rib chiqish tizimi yo`lga qo`yildi.

Tizim asosida shu kunga qadar, saylov jarayonlari bilan bog`liq kelib tushgan 809 ta murojaatlardan 516 tasi ko`rib chiqildi, 293 tasi o`rganish jarayonida. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda saylovlar bilan bog`liq 200 dan ortiq materiallarga rasmiy munosabatlar bildirildi.

Mahalla raislari lavozimiga saylov jarayonlari davom etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1