AsosiyJamiyat

“Toshkent-Xojikent-Toshkent” yo`nalishidagi ayrim poezd qatnovlar bekor qilindi

'“Toshkent-Xojikent-Toshkent” yo`nalishidagi ayrim poezd qatnovlar bekor qilindi'ning rasmi

“Toshkent-Xojikent-Toshkent” yo`nalishida shaharlararo tezyurar elektropoezdlar qatnovini yo`lga qo`yishga puxta hozirlik ko`rilmoqda. Xusan, “Toshkent MTU” UK yo`lsozlari tomonidan mazkur yo`nalishdagi po`lat izlar bosqichma bosqich yangilanmoqda. Bu haqda  “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, 26 may kuni Uzel yo`lsozlari tomonidan “Toshkent-Xojikent” yo`nalishidagi temir yo`lda navbatdagi kapital ta`mirlash ishlari amalga oshiriladi. Shu bois, poezdlar harakat xavfsizligi hamda yo`lovchilar xavfsizligini ta`minlash maqsadida, shu kuni soat 10:00 dan 16:00 ga qadar “Toshkent-Xojikent-Toshkent” yo`nalishida harakatlanadigan 6430 hamda 6435-sonli shaharlararo yo`lovchi poezdlar qatnovi bekor qilinadi.

 “O`zbekiston temir yo`llari” AJ rahbariyati noqulaylik uchun yo`lovchilardan uzr so`raydi", - deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar