Issiq, shamol, chang-to`zon... Bugun O`zbekistonda qanday havo bo`lishi "prognoz" qilindi

Jamiyat 26.05.2022, 08:06
Issiq, shamol, chang-to`zon... Bugun O`zbekistonda qanday havo bo`lishi "prognoz" qilindi

"O`zgidromet" xabariga ko`ra, bugun, 26 may kunduz kuni respublika hududi bo`yicha havo bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Respublika shimolida, janubida va cho`l hududlarida shamol 18-23 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar kuzatilishi mumkinligi aytilmoqda. Qayd etilishicha, havo harorati 32-37° bo`ladi.

Toshkentda ham yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo 33-35° gacha isishi kutilmoqda.

Tog` oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi ham mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 22-27° bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1