Bugun kunduz kuni O`zbekistondagi ob-havoni Kavkaz hududlaridan kirib kelgan nam va salqin havo massalari belgilaydi, deya xabar bermoqda "O`zgidromet" xizmati.
Ma`lum qilinishicha, ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi kutilmoqda, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Farg`ona vodiysi viloyatlarida kechga tamon ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Ba`zi joylarda shamol 18-23 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlari kuzatilishi mumkin. Harorat 23-28° gacha pasayadi.
Poytaxtimizda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 26-28° bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Ba`zi joylarda shamol 18-23 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlari kuzatilishi mumkin. Harorat 18-23° bo`ladi.






