AsosiyJamiyat

Rossiyada o`zbekistonliklarning tortib olingan hujjatlari olib berildi

'Rossiyada o`zbekistonliklarning tortib olingan hujjatlari olib berildi'ning rasmi

Rossiyada yana bir nechta yurtdoshlarimizning hujjatlari olib berildi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar qildi.

Ma`lum qilinishicha, Agentlikning Ufa shahridagi vakolatxonasiga Chelyabinsk viloyatiga mustaqil tarzda ishlash uchun borgan yurtdoshlarimiz S.A. va S.X. murojaat qilgan.

O`rganishlar davomida fuqarolarning Rossiyaga borish xarajatlarining yarmi ish beruvchi tomonidan qoplab berilgani va ular 3 oy mobaynida ishlab qarzdan qutilgani ma`lum bo`ldi.  Biroq fuqarolar Vatanga qaytish istagini bildirib, ish beruvchidan hujjatlarini so`raganda qaytarib bermagan.  

Vakolatxona xodimlari tomonidan ish beruvchi bilan bir necha bor muzokaralar olib borilgandan so`ng, vatandoshlarimizning hujjatlari olib berildi va Vatanga qaytarildi.

    Boshqa yangiliklar