AsosiyJamiyat

Farg`onada manzarali daraxtlar o`zboshimchalik bilan kesib tashlandi

'Farg`onada manzarali daraxtlar o`zboshimchalik bilan kesib tashlandi'ning rasmi

Farg`ona viloyati Farg`ona shahridagi Yuksalish ko`chasida Istiqlol kafesi va viloyat kasalxonasi o`rtasidagi bog`da 11 dona manzarali daraxt kesib tashlandi. Holat yuzastdan viloyat Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi. Bu haqda "Zamon" nashri yozdi

Ma`lum qilinishicha, mazkur daraxtlar Marg`ilon shahar Lola ko`chasi 21-uyda yashovchi fuqaro (“IKAT Vodiy” MChJ rahbari) A.Abdullaev tomonidan noqonuniy kesib ketilgan. Hududda 7 qavatli Ankologiya-diognostika markazining qurilishi rejalashtirilgani sababli daraxtlar o`zboshimchalik bilan kesilgan, ularning kesilishiga viloyat Ekologiya boshqarmasi tomonidan ruxsat berilmagan.

Shunga qaramasdan, o`zboshimchalik bilan fuqarolar qurilish ishlariga xalaqit qilayotgan ko`p yillik manzarali daraxtlarni ishchilarni yollash orqali tunda kesib, yuk mashinalariga yuklab olib ketgan. 

Hozirda daraxtlarni yuklab olib ketgan 5 ta yuk mashinalari aniqlanib, Farg`ona shahar avtomashinalarini saqlash jarima maydonchasiga vaqtincha joylashtirilgan. Holat yuzasidan hujjatlar to`planib, huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etilgan.

    Boshqa yangiliklar