AsosiyJamiyat

Oilaviy sirlarni qasddan tarqatgan shaxsga qonuniy chora bor

'Oilaviy sirlarni qasddan tarqatgan shaxsga qonuniy chora bor'ning rasmi

AOKAda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara O`rinboeva ishtirokida brifing o`tkazildi.

Unda aholidan kelib tushgan muhim savollarga javob qaytarildi. 

"Mening bir tanishim oilaviy sirlarimni qasddan tarqatmoqda. Ushbu holatda nima qilishim lozim? Bu kabi harakatlar uchun javobgarlik mavjudmi?"

Shaxsning oilaviy sirini uning roziligisiz qonunga xilof ravishda tarqatgan shaxsga nisbatan ma`muriy va jinoiy javobgarlik belgilangan.

Xususan, Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksga ko`ra, shaxsning shaxsiy yoki oilaviy sirini tashkil etuvchi shaxsiy hayoti to`g`risidagi ma`lumotlarni uning roziligisiz qonunga xilof ravishda yig`ish yoki tarqatish, 10 mln 800 ming so`mgacha jarima solishga sabab bo`ladi.

Ushbu harakatlari uchun ma`muriy javobgarlikka tortilgan shaxs yana shunday harakatni amalga oshirsa, Jinoyat kodeksiga muvofiq jazolanadi.

Siz bunday holatlarda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishingiz mumkin.
 

    Boshqa yangiliklar