Mirzo Ulug`bek tumanida Mustaqillik shoh va Sayram ko`chalari kesishmasidagi piyodalar o`tish joyiga tegishli belgi o`rnatildi, deb xabar bermoqda YHXB.
Ijtimoiy tarmoqda poytaxtdagi Mirzo Ulug`bek tumani, Mustaqillik shoh va Sayram ko`chalari kesishmasidagi piyodalar o`tish joyiga 5.16.2 yo`l belgisi noto`g`ri o`rnatilganligi haqidagi xabar e`lon qilindi.
Xabar Toshkent shahar IIBB JXX YHXB mas`ul xodimlari tomonidan o`rganilib, mazkur kesishmada o`rnatilgan 5.16.2 yo`l belgisi 5.16.1 belgiga almashtirildi.






