AsosiyJamiyat

Energetika vazirligi elektr energiyasi uchun oshiriladigan narxlar haqidagi xabarlarni rad etdi

'Energetika vazirligi elektr energiyasi uchun oshiriladigan narxlar haqidagi xabarlarni rad etdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda foydalanilgan elektr energiyasining 200 kVtdan ortgan qismi uchun 7500 so`mdan to`lovlar amalga oshiriladi, degan mazmunda xabarlar tarqalgan edi.

Energetika vazirligi Matbuot xizmatining Rasmiy munosabatida ushbu xabarlar mutlaqo yolg`on ekanligi ma`lum qilindi. 

Vazirlik iste`molchilardan bu kabi tasdiqlanmagan xabarlarga ishonmasliuni so`ramoqda.

Qo`shimcha qilinishicha, ayni kunlarda aholi va iqtisodiy tarmoqlarini sifatli va uzluksiz elektr energiyasi hamda tabiiy gaz bilan ta`minlash maqsadida energetika sohasini isloh qilishga qaratilgan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg`i-energetika resurslarining narxlari va tariflarini o`zgartirish to`g`risida”gi qaror loyihasi ish jarayonida va hujjatning loyihasi muhokama uchun regulation.gov.uz ga joylashtiriladi va barchaning fikr va takliflari ko`rib chiqiladi.

 

    Boshqa yangiliklar