AsosiyJamiyat

Toshkentlik haydovchilardan avtomobillarni daraxtlar ostida qoldirmaslik so`ralmoqda

'Toshkentlik haydovchilardan avtomobillarni daraxtlar ostida qoldirmaslik so`ralmoqda'ning rasmi

Toshkentda kuchli shamol va yomg`ir yog`ishi kutilmoqda.  Shu sabab Toshkent shahar hokimligi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralariga rioya qilishni, daraxtlar va temirli qurilmalar tagiga avtomashinalarni qo`ymaslikni so`ramoqda.

Eslatib o`tamiz, noqulay ob-havo sharoiti – kuchli shamol, yog`ingarchiliklar bilan bog`liq har qanday favqulodda vaziyatlarda Toshkent shahar hokimligining tegishli xizmatlari bilan  (71) 212-69-80, (71) 212-69-82, 1050 va 1055 raqamlariga murojaat qilib bog`lanish mumkin.

Shuningdek, murojaatingizni Xalq Nazorati (https://xalqnazorati.uz/ru/) portali va ilovasi orqali yuborish imkoniyati mavjud.

 

    Boshqa yangiliklar