Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 28 may kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, kechasi va kunning birinchi yarmida qisqa muddatli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. G`arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Shamolning tezligi sekundiga 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 15-17, kunduzi 21-23 daraja iliq bo`ladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq bo`ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang bo`ronlari bilan birga sekundiga 18-23 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 23-28 daraja iliq bo`ladi.
Toshkent viloyatida havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim tumanlarda shamolning tezligi chang bo`ronlari bilan birga sekundiga 18-23 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 12-17, kunduzi 21-26 daraja iliq bo`ladi.
Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim tumanlarda shamolning tezligi chang bo`ronlari bilan birga sekundiga 18-23 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 12-17, kunduzi 21-26 daraja iliq bo`ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim tumanlarda shamolning tezligi chang bo`ronlari bilan birga sekundiga 18-23 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq bo`ladi.
Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim tumanlarda shamolning tezligi sekundiga 18-23 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 13-18, kunduzi 18-23 daraja iliq bo`ladi.
Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sel kelishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim tumanlarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 8-13, kunduzi 10-15 daraja iliq bo`ladi.






