Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan, Ellikqal`a tumanida mast haydovchi YTH sodir etganligi yuzasidan ma`lumot berildi.
Ma`lum bo`lishicha, voqea 27 may kuni soat 16:20 larda, Ellikqal`a tumani, Qilchinoq OFY hududidan o`tuvchi A-380 avtomobil yo`lining 615-kilometrida, 1980 yilda tug`ilgan haydovchi M.N. qoidalarni qo`pol tarzda buzgan holda, "Lacetti" rusumli avtomobilni mast holda boshqarib, qarama-qarshi harakatlanish uchun mo`ljallangan tomonga chiqib, ro`parasidan, o`z yo`lida kelayotgan haydovchi, 1986 yilda tug`ilgan J.I. boshqaruvidagi "Labo" rusumli avtomobil bilan to`qnashuv sodir etgan. Zarb oqibatida "Labo" avtomobili ag`darilgan.
YTH natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo`q.
Mazkur YTH yuzasidan tuman IIB YHXB xodimlari tomonidan haydovchi M.N. mast holda avtomobil boshqarganligi belgilangan tartibda rasmiylashtirilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.






