AsosiyJamiyat

Aziz Abduhakimov “Halal In Travel – Global Summit 2022"da ishtirok etadi

'Aziz Abduhakimov “Halal In Travel – Global Summit 2022"da ishtirok etadi'ning rasmi

2022 yilning 31 may kunidan 2 iyuniga qadar Singapurda musulmon turizm bozorini tiklash va rivojlantirishga bag`ishlangan “Halal In Travel – Global Summit 2022" bo`lib o`tadi. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi xabar bermoqda.

Mazkur tadbir butun dunyodan sayyohlik sohasida chuqur bilimga ega 70 dan ziyod mutaxassislarni o`zida to`playdi.

O`zbekistondan ushbu sammitda Bosh vazir o`rinbosari – Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov ishtirok etadi (onlayn formatda). Shuningdek, tadbirda Indoneziya vise-prezidenti, Maldiv Orollari turizm vaziri va Malayziya turizm, san`at va madaniyat vaziri qatnashadi.

Sammit yakunida "Halal In Travel" mukofoti taqdimoti bo`lib o`tadi. Ushbu mukofotlar turli toiflarni qamrab oluvchi musulmonlar hayot tarzidagi sayohatlar segmentiga sezilarli hissa qo`shgan yo`nalishlar, tashkilotlar, kompaniyalar va shaxslar kesimida taqdim etiladi.

    Boshqa yangiliklar