1

Dunyoda guruch narxi ko`tarilishi mumkin

Dunyo 28.05.2022, 19:42
Dunyoda guruch narxi ko`tarilishi mumkin

Tailand va Vetnam dunyo bozoridagi o`rnini mustahkamlashi uchun birgalikda guruch narxini oshirishi kerak. Bu haqda Tailand bosh vaziri Prayut Chan-Ocha ma`lum qildi. Bu haqda Zamon.uz xabar bermoqda.

Tailand hukumatining ta`kidlashicha, bu tadbir millionlab fermerlarga foyda keltirishi mumkin. Guruch eksportida eng muhim ikki davlatning ushbu harakatlari oziq-ovqat tanqisligini kuchaytirishi xavfi mavjud.

Tailand hozirgacha narx oshishini e`lon qilmagan bo`lsada, dunyo bozorida shakllangan vaziyatdan foydalanmoqchi. Mamlakat savdo vaziri Jurin Laksanavisitning so`zlariga ko`ra, tailandlik fermerlar bu yil 8 million tonna guruch etishtiradi.

Bundan tashqari, tez orada Hindiston ham sholi eksportiga moratoriy joriy qilishi mumkin. Bu davlat dunyo bozoriga 40 foiz guruchni etkazib beradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1