1

Dunyoning 33 davlatida bolalarda noma`lum gepatit aniqlandi — JSST

Dunyo 28.05.2022, 20:17
Dunyoning 33 davlatida bolalarda noma`lum gepatit aniqlandi — JSST

Jahon Sog`liqni saqlash tashkiloti aprel oyi boshidan beri 33 mamlakatda 650 nafar bolada noma`lum o`tkir gepatit aniqlanganini e`lon qildi. Bu haqda DW agentligi xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, eng ko`p holatlar Buyuk Britaniyada (222) va AQShda (216) qayd etilgan. G`arbiy Tinch okeani, Janubi-Sharqiy Osiyo va Sharqiy O`rta er dengizi mamlakatlari ham yangi gepatitdan eng ko`p zarar ko`rgan.

Evropa Ittifoqida 75 dan ortiq infeksiya besh yoshgacha bo`lgan bolalarda uchraydi. Kasalliklar klinik jihatdan og`ir va aksariyat hollarda bolalarda jigar etishmovchiligiga olib kelishi mumkin. BJSST dunyodagi barcha kasallar orasida bolalarning 6 foizi jigar transplantasiyasiga muhtojligi, to`qqiz kishi vafot etganini ma`lum qilgan.

Infeksion holatlari qayd etilgan davlatlar: Argentina, Avstriya, Belgiya, Bolgariya, Kanada, Kipr, Daniya, Fransiya, Gresiya, Indoneziya, Irlandiya, Isroil, Italiya, Yaponiya, Maldiv orollari, Meksika, Moldova, Niderlandiya, Norvegiya, Falastin, Panama, Polsha, Portugaliya, Janubiy Koreya, Ruminiya, Serbiya, Singapur, Slovakiya, Sloveniya, Ispaniya va Shvesiya.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1