AsosiyDunyo

Nigeriyada bepul oziq-ovqat tarqatish paytida yuz bergan tiqilinchda 31 kishi halok bo`ldi

'Nigeriyada bepul oziq-ovqat tarqatish paytida yuz bergan tiqilinchda 31 kishi halok bo`ldi'ning rasmi

Nigeriya janubida muhtoj mahalliy aholiga bepul oziq-ovqat tarqatish paytida yuz bergan tiqilinchda kamida 31 kishi, jumladan, homilador ayol va bolalar halok bo`ldi. Bu haqda PM News xabar bermoqda.

Manbada aytilishicha, ertalab tadbir o`tkaziladigan cherkov yaqinida minglab odamlar to`plangan. Bepul oziq-ovqatga bo`lgan tiqilinch natijasida halok bo`lganligi aytilmoqda. 

Fojea sababli cherkov yuridik maslahatchisi va tadbir tashkilotchisi polisiya tomonidan qo`lga olingan. Tiqilinchda jarohatlanganlar shifoxonaga yuborilgan.

    Boshqa yangiliklar