AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat...

'Bugun O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat...'ning rasmi

"O`zgidromet" markaziga ko`ra, bugun kunduz kuni respublika bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida va Farg`ona vodiysi viloyatlarida kechga tomon ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Tog` oldi va tog`li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Ba`zi joylarda shamol 18-23 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlari kuzatilishi mumkin. Harorat 23-28° gacha pasayadi.

Poytaxtimizda kechga tomon ba`roz qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Momaqaldiroq paytida shamol 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 24-26° bo`ladi.

Tog` oldi va tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Ba`zi joylarda shamol 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 12-17° bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar