Moliya vazirligi shanba kuni prezident Shavkat Mirziyoevning 25 maydagi pensionerlar, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga bir martalik nafaqa to`lashni nazarda tutuvchi farmoni ijrosi qay tarzda amalga oshirilayotganini ma`lum qildi.
Bunda yoshga doir pensiyalar va nafaqalar, nogironlik nafaqalari, bolalikdan nogironlar, boquvchisini yo`qotganlik bo`yicha nafaqa va nafaqa oluvchining barcha oila a`zolariga, shuningdek, 8,9 million yoshga to`lmagan bola parvarishi bo`yicha nafaqa oluvchilarga yordam ko`rsatiladi. Qoraqalpog`iston va viloyatlarda bir martalik to`lov miqdori 300 ming so`m, Toshkent shahrida 400 ming so`m etib belgilandi.
Moliya vazirligi ma`lumotlariga ko`ra, 4 mln 256 ming nafar pensiya va nafaqa oluvchining to`lov hujjatlari shakllantirilib, «Xalq bank» va boshqa banklarga yuborilgan, 1 trln 314 mln so`mdan ortiq mablag` moliyalashtirildi.
Shuningdek, Yagona ijtimoiy reestrdan 4 mln 647 ming nafardan ortiq oila a`zolariga, shu jumladan, kam ta`minlangan bolalarga nafaqa oluvchi oilalarga, 18 yoshgacha bo`lgan har bir bola uchun 200 ming so`m to`lash uchun 929,5 mlrd so`m ajratildi.
27 may holatiga ko`ra, nafaqaxo`rlarning 96 foizi yoki kartochka bo`yicha pensiya oluvchi 1,569 million kishi — jami 473,5 mlrd so`m pulni olib ulgurgan.
«Xalq banki» filiallarining sayyor kassalarida pensiyalarni naqd pulda to`lash yo`lga qo`yildi. To`lov jarayoni 8 iyungacha yakunlanadi.
Moliya vazirligi ma`lumotlariga ko`ra, yordam to`lovlarining 100 foizi moliyalashtirildi. Pensiya oluvchilarning 39 foizi va Ijtimoiy yordam oluvchilarning yagona reestriga kiritilganlarning 29 foizi allaqachon to`lovlarni olgan.






