AsosiyJamiyat

Surxondaryoda budda haykali topildi

'Surxondaryoda budda haykali topildi'ning rasmi

Surxondaryoda budda tasviri tushirilgan terrakota haykali topildi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Surxondaryo vohasi, xususan Termiz shahri milodiy 1-3 asrlarda buddizm markazi sifatida tanilgan. Bu haqda Xitoyning tarixiy manbalari ham guvohlik beradi. Eski Termiz hududidagi buddaviylik ibodatxonalari va undan topilgan budda haykallari shular jumlasidandir.  

Surxondaryo viloyati turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi ma`lumotiga ko`ra, xuddi shunday budda tasviri tushirilgan terrakota haykali viloyatning Sariosiyo tumanidan ham topildi. Ushbu terrakota haykalida buddaning o`tirgan holati tasvirlangan.

Tumanning "Shahriobod" mahallasi Hurvatan qishlog`ida yashovchi fuqaro tomonidan topilgan haykalcha “Termiz” davlat muzey-qo`riqxonasiga topshirilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar