Birlashgan Arab Amirligining Sharja shahrida shaxmat bo`yicha “5th Sharjah Masters 2022” xalqaro turnir yakunlandi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, 31 davlatdan 80 nafar shaxmatchi ishtirok etgan musobaqa shveytsarcha tizimi bo`yicha 9 turda o`tkaziladi.
Turnirda O`zbekiston sharafini Javohir Sindarov, Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yoqubboev, Shamsiddin Vohidov va Humoyun Begmuratovlar himoya qilishdi.
Musobaqa yakunlariga ko`ra, ushbu xalqaro turnirda 9 turdan keyin 7 ochko to`plagan hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov chempionlikni qo`lga kiritdi.
Natijada Nodirbek Abdusattorov musobaqa sovrin jamg`armasi 60 000 AQSh dollarga ega bo`ldi.






