AsosiyDunyo

Maymun chechagini yuqtirgan bemorlar soni 260 nafarga yaqinlashdi. Yana 120 kishi shubha ostida – JSST

'Maymun chechagini yuqtirgan bemorlar soni 260 nafarga yaqinlashdi. Yana 120 kishi shubha ostida  – JSST'ning rasmi

O`zbekiston Sog`liqni saqlash vazirligi  joriy yilning 7 may kuni Buyuk Britaniyada qayd etilgan maymun chechagi infeksiyasi ko`p o`tmay AQSh, Kanada, Ispaniya, Portugaliya, Fransiya, Italiya, Shvesiya, Belgiya, Niderlandiya, Gresiya, Avstraliya, Isroil, Shveysariya, Sudan va Argentinada tarqala boshlagani haqida xabar bergan edi.  

JSSTning so`nggi ma`lumotlariga ko`ra,  hozir ana shu infeksiya ro`yxatga olingan davlatlar soni 23 taga etgan. 257 nafar bemor xastalikka chalingan bo`lsa, yana 120 kishi virusni yuqtirganlikda gumonlanyapti.

Biroq JSST maymun chechagi endemik bo`lmagan bir nechta mamlakatda to`satdan va bir vaqtning o`zida paydo bo`lishi sababini aniq izohlay olmagan.

Taxminiy xulosalarga ko`ra, infeksiya ushbu hududlarga avvalroq kirib borgan, lekin o`z vaqtida aniqlanmagan bo`lishi mumkin.

Mutaxassislar Afrikaning qator mamlakatlari infeksiya o`chog`i bo`lishi mumkinligidan ogohlantirmoqda. Shu bois mazkur davlatlarga borgan sayyohlar kasallik tashuvchi hayvonlardan uzoq bo`lishi, shaxsiy gigiena qoidalariga qat`iy amal qilishi lozimligi uqdirilyapti.

 

    Boshqa yangiliklar