Markaziy Afrika hududida joylashgan Kongoda maymunchechakdan to`qqiz kishi vafot etdi, Nigeriyada esa kasallikdan birinchi o`lim qayd etildi. Sog`liqni saqlash idoralari ma`lumotlariga ko`ra, ayni paytda kamida 20 davlat yillar davomida kuzatilmagan, kutilmagan epidemiyalar bilan kurashmoqda. Bu haqda The Washington Post yozmoqda.
Kongodagi Sankuru sog`liqni saqlash bo`limi boshlig`i dushanba kuni mamlakatda kasallikning 465 holati tasdiqlanganini aytgan. Bu infeksiya G`arbiy va Markaziy Afrikada allaqachon endemiyaga aylanib bo`lganini ko`rsatadi.
Kongoda kasallikning davom etishi o`lik maymunlar va kemiruvchilarni iste`mol qilish bilan bog`liqligi aytilmoqda. Shifokorlar bu borada shunday deydi:
"Odamlar o`rmonga kirib, maymun, ko`rshapalak va kemiruvchilarning jasadlarini olib kelishadi, ular maymunchechakning debochasi hisoblanadi".
Ta`kidlanishicha, maymunchechak alomatlari bo`lganlar o`zlarini izolyasiya qilish uchun sog`liqni saqlash markaziga tashrif buyurishlari shart va zarur.
Nigeriya kasalliklarni nazorat qilish agentligining ma`lum qilishicha, yakshanba kuni mamlakatda maymunchechakdan birinchi o`lim qayd etilgan. Markaz, shuningdek, 2022 yilda Nigeriya hamda G`arbiy va Markaziy Afrikaning boshqa qismlarida odatda endemik bo`lgan kasallikning 66 gumon qilingan holatlaridan 21 tasini tasdiqlaganini e`lon qilgan.
"O`lim 40 yoshli bemorda hujjatlashtirildi. Uning qo`shimcha kasalligi bo`lgan, bemor immunosupressiv dorilarni ham qabul qilgan",-deyiladi markaz xabarida.
Xabarlarga ko`ra, Nigeriyada 2017 yilning sentyabridan beri maymunchechak epidemiyasi kuzatilmagan. Kasalliklarni nazorat qilish agentligi ma`lumotlariga ko`ra, o`sha vaqtdan beri 36 shtatdan 22 tasida kamida o`lim darajasi 3,6% ni tashkil etgan.
Ma`lumot uchun, Evropa va AQShda maymun chechak bilan kasallanish holatlari ko`paygani haqida xabar berilgan. Bu ko`plab mamlakatlarda xavotir uyg`otgan, chunki ularning aksariyati yillar davomida birorta ham kasallik holatini qayd etmagan. Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra, 250 dan ortiq kasallik holatlari odatda avj olishi ma`lum bo`lmagan 20 dan ortiq mamlakatlarda qayd etilgan.
Maymun chechagi ilgari u endemik bo`lgan Afrikadan tashqarida keng tarqalgan epidemiyalarni keltirib chiqarmagan.
Nigeriya Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi bosh direktori, doktor Ifedayo Adetifaning aytishicha, mamlakatda maymun chechagiga qarshi milliy ko`p tarmoqli favqulodda vaziyatlar markazi (EOC) ham faollashtirilgan. Bu harakat markaz tomonidan ko`plab mamlakatlarda kasallik tarqalishi bo`yicha o`tkazilgan xavfni baholashdan keyin sodir bo`lgan. Bosh direktorning ta`kidlashicha, (EOC) global reaksiyaga hissa qo`shgan holda, mamlakatda olib borilayotgan infeksiyaga qarshi tadbirlarni muvofiqlashtirib boradi.
Dilbar Abdunabieva sharhladi






