AsosiyJamiyat

Toshkent do`konlarida "buxanka" 2800 so`mdan sotilishni boshladi

'Toshkent do`konlarida "buxanka" 2800 so`mdan sotilishni boshladi'ning rasmi

Bugun, 1 iyundan boshlab Toshkentdagi do`konlarda qolipli non 2800 so`mdan sotilishni boshladi. Ayni paytda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari o`zlari guvoh bo`lgan savdo rastalaridan non narxini suratga olib tarqatishmoqda. 

Sal avval Moliya vazirligi departamenti mudiri To`lqin Mirzaev nonning narxi haqida fikr bildirgan edi.

Prognozlarimiz bo`yicha, hozir bug`doyning ichki bozordagi sotib olish narxi 3 mln. so`m atrofida bo`lishini kutyapmiz. Agar 3 mln. so`m atrofida bo`lsa, qolipli non narxi  Toshkent shahridan boshqa joylardagi narxlar darajasidan oshib ketmaydi. Masalan, bizdagi ma`lumotlarga ko`ra, Xorazmda bir qolipli nonning narxi 2800 so`mgacha sotilmoqda. Agar bug`doyning narxi 3 mln. so`m atrofida bo`lsa, qolipli nonning narxi 2800 so`mdan, ya`ni bozordagi narxdan oshib ketmaydi, demoqchiman. Faqat bu narsani Toshkent shahrida sezishimiz mumkin. Bu eng pessimistik prognozlarimiz. O`ylaymanki, tadbirkorlarimiz erkinlashtirish jarayonida ichki raqobatdan kelib chiqib, o`z xarajatlarini kamaytirish va o`z o`rnini yo`qotmaslikka harakat qiladi va buxanka non narxi undan arzonroq bo`lishi mumkin.  

Tadbirkorlarmizdan iltimos qilgan bo`lardim. O`tgan safar unni birja savdolariga qo`yganda shanday holatlar bo`lganki, yirik hajmda birjadan unni sotib olib, narxni ushlab turib, yuqori narxlarda sotishga urinishlar bo`lgan. Yoki unni sotib olib, non ishlab chiqarishni vaqtinchalik ushlab turib, bozordagi non narxini ko`tarishga urinishlar bo`lgan. Bu holatlardan kelib chiqib, tegishli choralarni ko`rganmiz. Birja savdolarida aynan buxanka non ishlab chiqaruvchilarga va aholiga unni chakana savdosi bilan shug`ullanuvchi tadbirkorlarga un sotiladi. O`rtakashlik qilib, daromad olmoqchi bo`lganlarga un savdosini to`xtatish choralarini ko`ramiz va bu bozordagi narx barqarorligini saqlashga xizmat qiladi, – deydi To`lqin Mirzaev

 

Eslatib o`tamiz, Shavkat Mirziyoev joriy yilning 11 may kuni o`tkazilgan don mahsulotlari korxonalarida transformasiya jarayonlarining natijadorligini oshirish chora-tadbirlari bo`yicha yig`ilishda fermer va klasterlar o`zi etishtirgan g`allani 1 iyuldan boshlab birjada sotishni boshlashi haqida ko`rsatma bergandi.

Moliya vazirligi vakilining ta`kidlashicha, O`zbekistonda bug`doyning birjada sotilishi narxlarning barqarorlashishiga va kelgusida pasayishiga xizmat qilishi kutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar