Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati axborot xizmati rahbari Maftuna Saidova ma`lum qildi.
Ma`lum bo`lishicha, bugungi kunda respublikamizda 117 ta yodlangan osh tuzini ishlab chiqarish va qadoqlash korxonalari mavjud.
2022 yilda 47ta korxonalarda o`rganishlar o`tkazildi. May oyining o`zida 7 ta yodlangan osh tuzini ishlab chiqarish va qadoqlash korxonalarida o`rganishlar o`tkazildi va namunalar laboratoriya tekshiruvi uchun keltirildi.
Olib kelingan 11 ta tuz namunasidan 27,2 foizi belgilangan me`yorga javob bermaganligi sababli jami 50,6 tonna osh tuzi realizasiyasi taqiqlandi.






