AsosiyJamiyat

Rossiya Ukrainaning qaysi hududlarini qo`shib olish niyatida ekanini ma`lum qildi

'Rossiya Ukrainaning qaysi hududlarini qo`shib olish niyatida ekanini ma`lum qildi'ning rasmi

Ukrainaning Xerson viloyati hamda tan olinmagan Lugansk va Donesk xalq respublikalari nazoratidagi hududlar Rossiya tarkibiga kiradi, Zaporoje viloyati bilan ham xuddi shunday bo`ladi, vaziyat imkon bergan zahoti referendum o`tkaziladi. “Yagona Rossiya” partiyasi Bosh kengashining kotibi Andrey Turchak RIA Novostiga bergan intervyusida shunday fikr bildirdi.

“Qarorni aholining o`zi qabul qilishi kerak va ishonchim komilki, ular buni qabul qiladilar. Shuning uchun men bu mintaqa Rossiya Federasiyasi tarkibiga kirishiga shubha qilmayman. Odamlar Bandera terrori G`arb tomonidan qonuniylashtirilgan sakkiz yil o`tib himoya, barqarorlikni xohlaydilar, ular uchun uzoq kutilgan va mustahkam tinchlik keldi”, deya Rossiyaning Ukrainadagi bosqinchilik harakatini ozodlik yurishidek ta`riflagan Turchak.

Siyosatchi Donesk va Lugansk viloyatlarining Ukrainadan tortib olingan hududlari haqida gapirib, shak-shubhasiz ular ham Rossiyaga qo`shilishini ta`kidladi. Uning fikricha, Zaparoje viloyati ham bu qarorni qo`llab quvvatlaydi.

“Vaziyat bo`lishi bilan, o`q otish to`xtab, xavfsizlik zonasi paydo bo`lishi bilanoq referendum o`tkazilishi kerak. Hamma narsaning o`z vaqti bor. Ishonchim komilki, Zaporoje aholisi ham bunday qarorni qo`llab-quvvatlash uchun o`z fikrlarini bildiradi”, degan hukmron “Yagona Rossiya” Bosh kengashi kotibi kelgusidagi rejalar haqida gapirib.

Qayd etish kerakki, Rossiya Ukrainadagi harbiy harakatlar davomida Xerson viloyatini to`liq, Zaporoje viloyatining Azov dengiziga tutash qismini egalladi. Hududlarda Rossiyaga bo`ysunuvchi harbiy ma`muriyat shakllantirildi.

    Boshqa yangiliklar