AsosiyDunyo

Turkiyada yillik inflyasiya 1998 yildan beri eng yuqori darajaga etdi

'Turkiyada yillik inflyasiya 1998 yildan beri eng yuqori darajaga etdi'ning rasmi

May oyida Turkiyada iste`mol narxlari yillik hisobda 73,5 foizga, oylik hisobda esa deyarli 3 foizga oshdi.

Ukrainadagi urush, energiya tashuvchilar narxining oshishi va turk lirasining qulashi fonida Turkiyada yillik inflyasiya may oyida oxirgi 24 yillik eng yuqori darajaga etdi

Turkiya Statistika institutining 3 iyun, juma kuni ma`lum qilishicha, mamlakatda iste`mol narxlari o`tgan oyda yillik nisbatda 73,5 foizga oshgan va bu 1998 yil oktyabr oyidan beri eng yuqori o`sishdir.

Inflyasiyaning tezlashishi ketma-ket 12-oy kuzatilmoqda. Bu, asosan, transport sohasida narxlarning oshishi (bir yilda 107,6 foizga o`sish), shuningdek, oziq-ovqat va ichimliklar qimmatlashishi (o`sish 91,6 foiz) bilan bog`liq. Turkiyada iste`mol narxlari oylik hisobda 2,98 foizga ko`tarildi.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo`g`an iqtisodiy o`sish va eksportni rag`batlantirish uchun foiz stavkalarini pasaytirish tarafdori bo`lib, yuqori qarz xarajatlari inflyasiyaga sabab bo`layotganini ta`kidlayapti. Bu pozisiya o`rnatilgan iqtisodiy holatga ziddir. Turk lirasi o`tgan yili AQSh dollariga nisbatan qiymatining 44 foizini yo`qotdi.

Gaz, neft va don narxining oshishiga olib kelgan Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlari Turkiyadagi vaziyatni yanada og`irlashtirdi, deya qayd etadi AP agentligi.

    Boshqa yangiliklar