AsosiySport

Xivada "Pahlavon Mahmud - Strongmen Games" turniri o`tkazilmoqda

'Xivada "Pahlavon Mahmud - Strongmen Games" turniri o`tkazilmoqda'ning rasmi

Joriy yilning 4-5-iyun kunlari Xiva shahrida “Pahlavon Mahmud - Strongmen Games” 2-xalqaro turniri bo`lib o`tmoqda. Musobaqada O`zbekistondan tashqari Yaponiya, Rossiya, Braziliya, Italiya, Yangi Zelandiya, Ispaniya, Fransiya, Islandiya, Eron, Hindiston, Polsha, Tojikiston, Ozarbayjon hamda Qozog`iston davlatlaridan sportchilar va hakamlar ishtirok etmoqda. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi xabar bermoqda.

Ushbu xalqaro turnir O`zbekiston Respublikasi Turizm va Madaniy meros vazirligi, Butunjahon Bahodirlar o`yini federasiyasi va O`zbekiston Bahodirlar o`yinlari va tosh ko`tarish federasiyasi hamkorligida tashkil etilmoqda.

Mazkur tadbirning o`tkazilishi sport turizmini rivojlantirish, nufuzini oshirish, O`zbekistonning sayyohlik salohiyati va imkoniyatlarini jahon miqyosida keng targ`ib qilish bo`yicha xalqaro hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi, shuningdek, sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish va yoshlarning turizmga qiziqishini rag`batlantirishga xizmat qiladi. 

Xalqaro turnir Markaziy Osiyo mamlakatlari, Eron, Ozarbayjon, Afg`oniston va Hindistonda engilmas qahramon, mashhur pedagog, faylasuf, so`fiy olim bo`lgan o`zbek xalqining buyuk farzandi Pahlavon Mahmud xotirasiga bag`ishlanadi.

Eslatib o`tamiz, “Pahlavon Mahmud – Strongmen Games” sport orqali islomiy ziyorat turizmini targ`ib qiluvchi dunyodagi yagona xalqaro turnirdir.

 

    Boshqa yangiliklar