AsosiySport

Olimpiada chempioni Ulug`bek Rashidovning ikki yillik g`alabali ceriyasiga chek qo`yildi

'Olimpiada chempioni Ulug`bek Rashidovning ikki yillik g`alabali ceriyasiga chek qo`yildi'ning rasmi

Italiya poytaxti Rim shahrida Butunjahon taekvondo Gran pri musobaqasi bo`lib o`tmoqda.

68 kg vazn toifasida o`zbekistonlik Olimpiada chempioni, turnirda 2-raqam ostida saralangan Ulug`bek Rashitov ikkinchi bosqichda koreyalik Xo Jun Jinga qarshi dayanga chiqdi. Afsuski, murosasiz kechgan to`qnashuvda hamyurtimiz raqibiga 0:2 hisobida mag`lub bo`ldi va turnirni tark etdi.

Ma`lumot uchun, Ulug`bek Rashidov so`nggi bor 2020 yilning 3 fevral sanasida «Turkish Open» musobaqasining yarim finalida mag`lubiyatga uchragan edi. Shu tariqa, 20 yoshli Olimpiada chempionining 851 kunlik g`alabali seriyasi barham topdi. 

    Boshqa yangiliklar