AsosiyJamiyat

Samarqandda oziq-ovqat do`konlari yonib ketdi

'Samarqandda oziq-ovqat do`konlari yonib ketdi'ning rasmi

Hodisa bugun, 20:21da Narpay tumani "Sari bozorʼʼ MFYda joylashgan oziq-ovqat do`konlarida yuz bergan. 

Bu haqda tuman Favqulodda vaziyatlar bo`limiga xabar kelib tushgan. Unga ko`ra, voqea joyiga jami 5 ta yong`in-qutqaruv ekipajlari jalb etilgan. Ular soat 20:35da etib borgan va olov bilan qurshalgan hudud qariyb 2 soat davomida o`chirilgan.

Dastlabki ma`lumotga asosan, holat natijasida 3 ta do`konning taxminan 70 kv.m maydonida shift, tom qismi va oziq-ovqat mahsulotlari yonib, zararlangan.

"Hodisa oqibatida halok bo`lgan va jabrlanganlar yo`q. Hozirda tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilmoqda",-deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar