Ichki ishlar vazirligi Axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 3 iyun kuni soat 01:30 larda Toshkent shahar IIBB YHXB YPX inspektorlari safdor A.Abdug`aniev va Sh.Abduazizovlar tomonidan Mirzo Ulug`bek tumani Shahrisabz ko`chasida xizmat olib borayotgan vaqtda yo`l bo`ylab piyoda ravishda harakatlanib kelayotgan, fuqaro 1983 yilda tug`ilgan, Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida ro`yxatda turuvchi A.Z. to`xtatilib, planshet orqali tekshirilganda ushbu shaxs O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 122-moddasi 1-qismi bilan ayblanib, 2019 yilning 10 avgust kunidan buyon qidiruvda ekanligi aniqlangan.
Shundan so`ng ushbu shaxsga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, Toshkent shahar Mirzo Ulug`bek tumani IIOFMBga topshirilgan. Hozirda tekshiruvlar davom etmoqda, deyiladi xabarda.






