AsosiyDunyo

Saratonga chalingan Putin, natijalari e`lon qilingan Qozog`iston konstitusiyasi, o`liklar maydoniga aylangan Braziliya...

'Saratonga chalingan Putin, natijalari e`lon qilingan Qozog`iston konstitusiyasi, o`liklar maydoniga aylangan Braziliya...'ning rasmi

Yakuniga etgan 6 iyun xalqaro maydonda qator muhim voqealar bilan yodda qolmoqda. Ayni vaqtda dunyoning diqqat markazi Braziliyaga qaratilgani sir emas. Ammo aprel oyida Putinning saratonga chalingani va unga uyushtirilgan suiqasd haqida hali hamma xam eshitmagani aniq. Bundan tashqari Qozog`istonda ham muhim jarayon, Konstitusiyani o`zgartirish bo`yicha referendumning dastlabki natijalari e`lon qilindi.

 Darakchi.uz' xorij maydonidagi shunday qaynoq yangiliklarni bir joyga jamladi.

Putin aprelda saraton kasalligidan davolangani ma`lum qilindi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin aprel oyida saraton kasalligidan davolangani ma`lum qilindi. Bu haqda AQSh razvedkasining maxfiy hisobotiga tayanib, "Deutsche Welle" xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, maxfiy hisobotda mart oyida Putinga uyushtirilgan suiqasd haqida ham ma`lumot berilgan. 

"Putinning kuchi bor, ammo mutlaq emas. Uning Kremldagi butun hukmronligi davrida hech qachon bunday shiddatli kurash bo`lmagan, hamma yakun yaqinligini his qilmoqda", — deydi manbalardan biri.

Qayd etilishicha, ayni paytda Rossiya etakchisining izolyasiyada ekani AQSh maxsus xizmatlariga Putinning sog`lig`ini to`g`ri baholashni qiyinlashtirmoqda. 

"Bizning eng yaxshi razvedka manbalarimizdan biri Ukrainadagi urush natijasida kuchsizlanib qoldi", — deydi Pentagon razvedka xizmati vakillaridan biri.

Keltirilishicha, oxirgi oylarda Ukrainadagi urush fonida ommaviy axborot vositalarida Putinning sog`lig`i yomonlashgani haqida bir necha bor taxminlar paydo bo`lgan. 2022 yil may oyida Rossiya prezidenti saraton kasalligiga chalinganini, xususan, u bilan shaxsan ishlagan rejissyor Oliver Stoun tomonidan omma oldida tilga olingan. "Proekt" nashri esa Putinga safarlarda shifokorlar guruhi, jumladan, onkologik kasalliklar va qalqonsimon bez muammolari bo`yicha mutaxassislar hamrohlik qilayotganini yozgan.

Qozog`istonda Konstitusiyani o`zgartirish bo`yicha referendumning dastlabki natijalari e`lon qilindi


Qozog`iston Respublikasi Konstitusiyasiga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish bo`yicha respublika referendumining dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, ovoz berish uchun 8 million 30 ming 739 nafar fuqaro saylov byulletenlarini oldi. Bu haqda referendum o`tkazish markaziy komissiyasi kotibi Muxtor Erman ma`lum qildi, deya xabar berdi "Kazinform"

“Referendum bo`yicha markaziy komissiyaning xabar berishicha, mamlakatning barcha hududlarida va xorijdagi 25 ta saylov uchastkasida ovoz berish yakunlangan. Qozog`iston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzuridagi 40 ta saylov uchastkasida ovoz berish davom etmoqda. Viloyatlar, respublika ahamiyatiga molik shaharlar va poytaxt hududiy komissiyalari tomonidan taqdim etilgan dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, fuqarolarning referendumda qatnashish statistikasi Oqmola viloyati – 73,81, Aqto`be viloyati – 58,06, Olmaota viloyati – 72,83, Atirau viloyati – 67,68, Zapadno-Qozog`iston viloyati - 69,37, Jambil viloyati - 69,59, Qarag`andi viloyati - 7739, Qo`stanay viloyati - 72,28, Qizilo`rda viloyati - 79,89, Mang`istau viloyati - 61,19, Pavlodar viloyati - 75,53, Shimoliy-Qozog`iston viloyati -469, Sharqiy 5. Turk viloyati - Qozog`iston viloyatida – 77,49, Nur-Sulton shahrida – 57,06 foiz, Olmaotada – 33,30 foiz, Chimkent shahrida – 72,53 foiz", — deyydi Muxtor Erman. 

Unga ko`ra, respublika bo`yicha referendumda ishtirok etish huquqi va imkoniyatiga ega bo`lgan fuqarolar ro`yxatiga 11 million 734 ming 642 nafar fuqaro kiritilgan. Saylov byulletenini 8 030 739 nafar fuqaro qabul qilgan. Bu ovoz berish ro`yxatiga kiritilgan aholining 68,44 foizini tashkil etadi.

Braziliyada suv toshqinlari va ko`chkilar oqibatida kamida 91 kishi halok bo`ldi, bedarak yo`qolganlar ham talay...


Braziliya shimoli-sharqidagi suv toshqini qurbonlari soni 100 dan oshishi mumkin, chunki Pernambuko shtati rasmiylari 91 kishi halok bo`lganini va yana ko`p odamlar bedarak yo`qolganini tasdiqlagan. 

Rasmiylarga ko`ra, shtatlar federal qutqaruv xodimlari ertaga, seshanba kuni bedarak yo`qolgan 26 kishini qidirishni davom ettiradi.

O`tgan hafta Pernambukoda kuchli yomg`ir yog`di va juma kuni ko`chkilarni keltirib chiqardi, bu esa tabiiy ofatlarga moyil bo`lgan kambag`al aholi yashovchi mahallalarda uylarni vayron qilib yubordi.

Bugun, 6 iyun kuni Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru Pernambuko poytaxti Resifi va qo`shni Jaboatao dos Guararapesning zararlangan hududi ustidan uchib o`tdi. Shundan so`ng jurnalistlar bilan suhbatda u tuproq namlangani bois vertolyot qo`nishining imkoni bo`lmaganini aytdi.

Uning qayd etishicha,  Rio-de-Janeyro yuqori tog`laridagi hududlar, janubiy Baiya va Minas-Jerais shtatlari xuddi shunday ofatlarni boshdan kechirgan.

"Biz hammamiz qattiq xafa bo`ldik. Qurbonlarning oila a`zolariga hamdardligimizni bildiramiz. Eng katta maqsadimiz ularni tinchlantirish, shuningdek, aholini moddiy jihatdan ta`minlashdir”- degan Prezident.

Hukumat favqulodda holat e`lon qilgan munisipalitetlarga mablag` ajratishga harakat qilmoqda, deydi mintaqaviy rivojlanish vaziri Daniel Ferreyra matbuot anjumanida. 

Mutaxassislarning ta`kidlashicha, iqlim o`zgarishi kuchliroq yog`ingarchilikka yo`l ochadi.

Iqlim o`zgarishi bo`yicha hukumatlararo panel Resifi mintaqasini dunyodagi eng zaif shaharlardan biri sifatida tasnifladi. Pastki metro hududi uchta daryoning qirg`og`ida joylashgan bo`lib, suv toshqinlari moyil bo`lgan o`nlab kanallar tarmog`iga ega va u erda 4 millionga yaqin aholi yashaydi.

Dilbar Abdunabieva tayyorladi

    Boshqa yangiliklar