Hodisa bugun, 7 iyun kuni soat 14:00 da Samarqand viloyati Samarqand shahar "Farovonlik" MFY M.Ulug`bek ko`chasida joylashgan ikki MChJ binosida sodir bo`lgan. Bu haqda viloyat FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko`ra, 8 ta yong`in-qutqaruv ekipaji soat 14:03 da voqea joyiga etib borib, yong`in soat 14:30 da qurshab olingan va soat 16:20 da bartaraf etilgan. Shuningdek, yong`inga viloyat Obodonlashtirish boshqarmasining texnikalari ham jalb etilgani ma`lum qilindi.
Ta`kidlanishicha, binoning taxminan 200 kv.m. maydonda tomi va shift qismi zararlangan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olish va halok bo`lish xolatlari qayd etilmagan.
"Hozirda yong`inni kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda",-deyiladi xabarda.