AsosiyJamiyat

Magistraturaga ikki marotaba qabul bo`lishi kutilmoqda

'Magistraturaga ikki marotaba qabul bo`lishi kutilmoqda'ning rasmi

Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri Oliy Majlis Qonunchilik palatasida o`tkazilgan yalpi majlisda ma`lum qildi

Ta`kidlanishicha, endilikda chet tilidan xalqaro yoki mahalliy sertifikatga ega bakalavr bitiruvchisi magistraturaga kirishda mutaxassislik imtihonidan ozod etiladi.

"Xabaringiz bor, bu yil faqat til bo`yicha sertifikati borlar hujjat topshiradi. Bu qaror bir yil avval prezident tomonidan imzolangan edi. Hozir turli fikrlar bo`yapti. Men sizga bir raqam aytaman. O`tgan yili bakalavr bitiruvchilarining bor yo`g`i 700 nafari til sertifikatini olgan. Bu yil shu son o`n barobar ko`paydi. Xo`sh, tilni bilmasa, qanday tadqiqot olib boradi? Shu sabab biz ruxsat oldik, xalqaro yoki mahalliy setrifikat olgan bola hujjat topshirdimi, mutaxassislikdan imtixon topshirmaydi. Diplomining o`rtacha bali hisoblanadi. Bu bu yil ko`riladi",-deydi Toshqulov.

Shuningdek, vazir magistraturaga talabalar kvotasi to`lmaganda, ikki marta qabul jarayonini tashkillashtirish rejalashtirilayotganini bildirdi.

    Boshqa yangiliklar