2021 yil yakuniga ko`ra, O`zbekiston World Justice Projectning Qonun ustuvorligi indeksida 14 pog`onaga yuqorilab, 85-o`rinni egalladi.
Indeksga ko`ra, O`zbekistonda qonun ustuvorligi umumiy reytingi 4,1 foizga oshgan. Respublikada kuzatilayotgan ijobiy tendensiyalar qatorida hukumat vakolatlarining cheklanishi, korrupsiyaga qarshi kurash va davlat organlari faoliyatining ochiqligi qayd etilgan.
Qayd etish joizki, O`zbekiston 2021 yilda ko`rsatkichlarni yaxshilash bo`yicha etakchi bo`lgan.






