O`zbekiston suv sporti bo`yicha jahon chempionatida ishtirok etadi

Sport 08.06.2022, 20:25
O`zbekiston suv sporti bo`yicha jahon chempionatida ishtirok etadi

18 iyun - 3 iyul kunlari Vengriya suv sporti turlari bo`yicha jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Unda O`zbekiston terma jamoasi  vakillari ham suzish, sinxron suzish va suvga sakrash dasturlarida ishtirok etishadi. Bu haqda O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, terma jamoadan quyidagi sportchilar chempionat uchun yo`l oladi.

Suzish: Xurshidjon Tursunov, Aleksey Tarasenko. 

Ta`kidlanishicha, Tursunov 50 metrga batterflyay va 50 metrga erkin usullarda suzish, Tarasenko esa 100 va 200 metrlarga erkin usullarda suzish dasturida startga chiqadi.

Suvga sakrash: Botir Hasanov, Marsel Zaynetdinov, Kamronbek Xodjimov.

Hasanov va Zaynitdinov bo`lajak jahon chempionatida 10 metrdan sinxron sakrash dasturida, Xodjimov esa 3 metrli tramplindan sakrash bo`yicha o`z omadini sinab ko`radi.

Sinxron suzish: Dinara Ibragimova, Diana Oneks, Ziyodaxon Toshxo`jaeva, Anna Vashenko, Vyacheslav Rudnev.

Ibragimova hamda Rubnev birgalikda mikst dasturida, Oneks va Toshxo`jaeva duet chiqishlarida qatnashsa, Vashenko zaxira sportchisi sifatida ro`yxatdan o`tgan.

Eslatib o`tamiz, ushbu jahon chempionati aslida o`tgan yili Yaponiyaning Fukuoka shahrida o`tkazilishi lozim edi. Tokio-2020 Olimpiadasi 1 yilga kechiktirilgach, dunyo birinchiligi ham 2022 yilga qoldirildi. Biroq 2021 yil yakunida Fukuoka ma`muriyati epidemiologik vaziyat sabab musobaqani qabul qila olmasligini bildirgach, mezbonlik Budapesht shahriga o`tdi. Shu tariqa, Vengriya poytaxti so`nggi 7 yil ichida ikkinchi bor mazkur nufuzli startni qabul qilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1