Futbol: O`zbekiston terma jamoasi Shri-lankani "er tishlatdi"

Sport 09.06.2022, 00:03
Futbol: O`zbekiston terma jamoasi Shri-lankani "er tishlatdi"

Bugun O`zbekiston milliy terma jamoasi 2023 yilda o`tkaziladigan futbol bo`yicha Osiyo kubogining saralash bosqichi doirasida Shri-Lanka jamoasiga qarshi o`yin o`tkazdi- 3:0.

"C" guruhidan o`rin olgan terma jamoa Namangandagi stadionda Shri-lanka darvozasini 3 bor ishg`ol qildi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, gollarga Jaloliddin Masharipov, Dostonbek Hamdamov va Farruh Sayfievlar mualliflik qilgan.

Eslatib o`tamiz, Shri-lanka terma jamoasiga qarshi uchrashuv O`zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes uchun ilk rasmiy uchrashuv hisoblanadi.

Shu tariqa, "C" guruhida 3 ochko to`plagan O`zbekiston hamda Tailand terma jamoalari peshqadamlik qilmoqda.

Ma`lumot uchun, O`zbekiston MTJ navbatdagi o`yinini 11 iyun kuni Maldiv orollari terma jamoasiga qarshi o`tkazadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1