1

AQShda yo`g`on ichak saratoniga qarshi davo topildi

Salomatlik 09.06.2022, 01:08
AQShda yo`g`on ichak saratoniga qarshi davo topildi

Amerika Qo`shma Shtatlari yo`g`on ichak saratoni kasalligini davolash imkoniga erishdi. Tajriba preparatning 100 foiz samarali ekanini ko`rsatgan.

Qayd etilishicha, preparat Nyu-Yorkdagi saraton markazining 18 nafar ko`ngillisida sinovdan o`tkazilgan. Bemorlar dastlab uni olti oy davomida qabul qilishgan. Shu bilan birga kimyoterapiyadan foydalanmasdan ularning tanasidagi saraton hujayralari soni sezilarli darajaga kamaygan. Bu hodisa onkologiyani davolash tarixida birinchi bo`lgani aytilmoqda.

"Ushbu dori immunitetni nazorat qilish punkti ingibitorlari deb ataladigan preparatlar sinfiga kiradi. Bular saraton kasalligining o`ziga to`g`ridan-to`g`ri ta`sir qilmaydigan, lekin aslida odamning immun tizimini o`z vazifasini bajarishga undaydigan immunoterapevtik mahsulotlardir",-deb ta`kidlaydi tadqiqotchilar.

Ta`kidlanishicha, mazkur preparat avvalroq melanoma yoki saratonning boshqa turlarida qo`llanilgan. 

"Ammo yaqin vaqtgacha ular yo`g`on ichak saratonini muntazam davolashning bir qismi emas edi ", deydi olimlar.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1