"Rospotrebnadzor"ning klinik va tahliliy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari Natalya Pshenichnaya maymunchechak havo-tomchi orqali yuqishini, ammo infeksiyani yuqtirish uchun uch soatdan ko`proq yaqin aloqa qilish kerakligini tushuntirdi. Bu haqda "Izvestiya" xabar berdi.
Mutaxassisning so`zlariga ko`ra, maymunchechakning epidemiyaga yoki pandemiyaga aylanishi uchun hech qanday shart-sharoit yo`q. Bundan tashqari, maymunchechak bilan kasallangan bemorlarning soni kamayib bormoqda, bu esa kasallikning lokalizasiyasini va virus tarqalishining sekinlashayotganini bildiradi.
Infeksiyani yuqtirgan odam bilan aloqa qilish orqali ham kasallikka chalinishning oldini olish mumkin. Buning uchun zarur sanitariya choralariga (qo`l gigienasi, kerak bo`lganda shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish va iloji bo`lsa, ijtimoiy masofa saqlash) rioya qilish kerak.
"Uzoq muddatli inkubasiya davri, aloqa yoki havo orqali yuqish yo`li uch soatdan ortiq vaqtdagini amalga oshadi. Kasal odam bilan kamida 1 metrlik masofa infeksiyani nazorat qilish mumkinligidan dalolat beradi", — degan Pshenichnaya.






