1

​Bolaning bo`yi o`smay qolishiga nima sabab bo`ladi?

Salomatlik 09.06.2022, 16:16
​Bolaning bo`yi o`smay qolishiga nima sabab bo`ladi?

Ushbu savolga Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati tibbiyot fanlari nomzodi Nasiba Alimovadan javob oldi.

—  Inson bo`yining o`sishi gipofiz bezi ishlab chiqaradigan gormonga bog`liq. U inson a`zo va to`qimalarida oqsil hosil bo`lishini tezlashtiradi. Shu bilan birga, agar organizm kuchsiz ahvolda bo`lsa, u shunchaki o`sishdan to`xtaydi.

Demak, bolangizning o`smayotganini sezdingizmi, birinchi galda shifokor-endokrinologga uchrab, uni to`laqonli tekshiruvdan o`tkazishingiz kerak.

Shifokor UTT hamda qonda gormonlar nisbatini aniqlaydi, shuningdek, rentgenografiya yordamida bilak suyaklari tekshiriladi. Bu — tekshiruv bolaning suyaklari o`sish hududidami yoki yo`qmi, bilish uchun zarur.

Bola bo`yi o`smasligining qator sabab va omillari mavjud. Yuqorida keltirilgan tahlillar orqali aniqlanadi. Birinchi navbatda, o`sishdan to`xtash irsiyat bilan bog`liq bo`lishi mumkin. Bolaning me`yoriy o`sishida 100 ta gen muhim rol o`ynaydi.

Bo`yi past ota-onadan tug`ilgan bolaning uzun bo`yli bo`lishi kam kuzatiladi. Bo`y o`sishiga organizmdagi ayrim gormonlarning ko`p  yoki  kamligi  ham ta`sir qiladi. Qalqonsimon va buyrak usti bezlarida etiladigan gormonlar o`sish gormonlari deyiladi. Shu bois endokrin tizimdagi turli izdan chiqishlar bo`y o`sishidagi patologiyalarga olib keladi.

Ba`zida buyrak, yurak, o`pka va hazm a`zolaridagi surunkali kasalliklar ham bo`y  o`sishini  to`xtatadi. Boshqa surunkali kasalliklar tonzillit(angina), xolesistit (o`t qopi yallig`lanishi) odatda bo`y o`sishiga salbiy ta`sir qilmaydi. Ammo bunday hollarda ishtaha yo`qoladi, bu esa bo`y o`sishini pasaytiradi.

Agar bolada parazitlar bo`lsa ham bo`y o`sishida muammolar tug`iladi. Shuning uchun ichki organizm faoliyati normal yo`lga qo`yilsa, bo`y o`sishda davom etadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1