AsosiySport

U-23 Osiyo kubogi: O`zbekiston terma jamoasi yarim finalda!

'U-23 Osiyo kubogi: O`zbekiston terma jamoasi yarim finalda!'ning rasmi

Kuni kecha, 11 iyun kuni Toshkentdagi "Paxtakor" markaziy stadionida 23 yoshgacha bo`lgan toifada o`tkazilayotgan Osiyo chempionati chorak final boshqichi doirasida O`zbekiston Iroq bilan bahs olib bordi. 

Bahsning 12-daqiqasida darvozabon Abduvohid Ne`matovga qizil kartochka ko`rsatildi va o`zbekistonliklar darvozasi tomon 11 metrlik jarima zarbasi belgilandi. Ushbu imkoniyatdan iroqlik yoshlar unumli foydalanib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Bir kishi kam bo`lib qolgan O`zbekiston U-23 terma jamoasi o`z omadini hujumda sinashga majbur bo`ldi. Ushbu harakatlar 45+5-daqiqada o`z samarasini berdi. Jasurbek Jaloliddinov penaltida hisobni tenglashtirdi.

Ikkinchi bo`lim esa birinchisidan-da qiziqarli bo`ldi. 50-daqiqada Ammar Alsavad avtogol kiritib, o`zbekistonliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Biroq 68-daqiqada G`olib Falih muvozanatni tikladi. Qolgan vaqtda ikki tomonning urinishlariga qaramasdan, 2:2 natijasi saqlanib qoldi va uchrashuv hakami qo`shimcha bo`limlarni belgiladi.

Qo`shimcha taymlarda bir kishi kam bo`lsa-da, o`zbekistonlik yoshlar  raqibdan bir bosh yuqori o`yin ko`rsatdi.  Biroq bahs taqdirini penaltilar seriyasi hal qildi. Penaltilar seriyasida O`zbekiston U-23 3:2 hisobida g`alaba qozonib, yarim finalga yo`l oldi.

    Boshqa yangiliklar